Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qashshoqlikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Yig‘ilishda Qashqadaryo va Surxondaryodagi ikki tuman — Denov va Chiroqchining hokimlari hamda ularning birinchi o‘rinbosarlari vazifasidan olindi. Denov tumanida qashshoq oilalar bilan ish olib borish susaytirilgani, 1200 ta oila daromadi yaxshilanmagan qayd etildi. Chiroqchi tuman esa tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan 309 mlrd so‘m resursdan samarali foydalanmagan uchun tanqid qilindi. Yig‘ilishda Surxondaryoning Uzun tumani esa namunaviy hudud sifatida tilga olindi. Tumanda xorijiy investitsiya jalb etilib, o‘nlab korxonalar ishga tushirilgan, mikroloyihalar orqali minglab aholi daromadli bo‘lgan. Natijada qashshoqlik ko‘rsatkichi yil boshidan 10,5 foizdan 3 foizgacha pasaygani ma’lum qilindi.
Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qashliq va qishloqlarda qashshoqlikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Denov va Chiroqchi tumanlaridagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi va mansabdorlar lavozimidan ozod etildi.

Boshqa yangiliklar

Siyosat Bugun 18:26
Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.

Siyosat Bugun 16:31
Yil boshidan buyon 750 dan ortiq mutasaddiga chora ko‘rildi, 400 ming ogir ahvoldagi oila diqqat markazida qolmokda.

Siyosat Bugun 13:44
O'zbekistonda ekologik siyosat yangi bosqichga ko'tarildi.

Siyosat 18.11.2025 09:33
Energetika vazirligi 2026 yil uchun elektr energiyasi eksporti bo‘yicha yangi shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Siyosat 17.11.2025 14:13
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegarao‘ldi savdo zonasini rasman ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
