AsosiyDunyo

Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi

Namoyishchilar mamlakat siyosiy boshqaruvida uyushgan jinoyatchilik ta'siri kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

'Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi'ning rasmi

Pragada minglab odamlar to‘planib, shakllanayotgan yangi hukumatga qarshi eʼtiroz bildirdi. Namoyishchilar mamlakat siyosiy boshqaruvida uyushgan jinoyatchilik taʼsiri kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Aksiya davomida hukumat tuzish jarayonidagi manfaatlar to‘qnashuvi, shaffoflik va davlat boshqaruvidagi adolat masalalari asosiy eʼtiborda bo‘ldi.

Ishtirokchilar Chexiya qonunchiligida davlat xizmatchilariga qo‘yilgan talablar buzilmasligi kerakligini taʼkiddladi. Mamlakatda hukumat qarorlaridan foyda olishi mumkin bo‘lgan bizneslar bilan bog‘liq har qanday aloqalar siyosiy jarayonlarga ishonchni yemirishi aytildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi subsidiyalari bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda katta munozaraga sabab bo‘layotgani bildirildi.

17 noyabr — Baxmal inqilobi yilligida Slovakiya ham ommaiviy mitinglar bo‘lib, mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishi va demokratik qadriyatlardan chekinishiga qarshi noroziliklar qayd etildi. Bratislavada va boshqa shaharlarda o‘tgan aksiyalar davomida fuqarolar siyosiy jarayonlarda oshkoralik, erkinlik va demokratik tamoyillarni himoya qilish zarurligini taʼkiddladilar.

    Boshqa yangiliklar