Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. U 2024 yilda talabalar boshchiligidagi yirik norozilik namoyishlarini kuch bilan bostirgani ortidan hokimiyatdan chetlatilgandi.
BMT ma'lumotlariga ko'ra, mazkur tartibsizliklar vaqtida qariyb 1 400 kishi halok bo‘lgan, ulardan aksariati xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘q otish oqibatida jon bergan. Sud Hasinaning aynan shu harakatlarni buyurganini asosiy ayblov sifatida qayd etgan.
Hukm yuzasidan rasmiy izoh berilmagan, biroq xalqaro tashkilotlar Bangladeshdagi sud jarayonining shaffofligi yuzasidan havotir bildirmoqda.






