AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari "Shovot–Toshhovuz" chegaraoʻldi savdo zonasini ishga tushirdilar

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegarao‘ldi savdo zonasini rasman ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

'Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari "Shovot–Toshhovuz" chegaraoʻldi savdo zonasini ishga tushirdilar'ning rasmi

Yaratilgan hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlari uchun ma'muriy binolar, savdo paviloni va omborlar tashkil etildi.

Shuningdek, "yagona darcha" tamoyili asosida davlat xizmatlari ko'rsatiladi, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma hamda katta avtoturargoh ham mavjud.

Yangi savdo zonasi faoliyati Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu hududning aholisi 3,5 milliondan ortiqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar