Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin savdosi fosh etildi.
Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi 3 nafar fuqaro 475 grammlik oltin quymalarni 737 million so‘mga sotishga kelishgan paytda uslandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular xaridordan 500 million so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Ekspertiza xulosasida oltin quymalarning asillik darajasi 994 bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 million so‘m ekani aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanayotganlarning ikkitasi muqaddam sudlangan, ulardan biri ayni paytda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.






