AsosiySiyosat

Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

'Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida Ilhom Aliyev O‘zbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8-oktyabr kuni nishonlangan G‘alabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar faol palga kirgan.

Yetakchilar kelajakdagi oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy Osiyo etakchilari Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 19:03

    Markaziy Osiyo etakchilari Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Mintaqa davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari ettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Islom tsivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 17:25

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

    O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazishdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 16:31

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 13:35

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 12:36

    'O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2025 12:09

    O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida tovar ayirboshlash 4 mlrd dollarga etdi

    Mirziyoyev va Toqayev o'rtasida tor doira muzokaralari bo'lib o'tdi.