AsosiyJamiyat

Sirdaryoda erkak xotiniini rashk qilib, shifokorni kaltakladi

Rashkchi er 15 sutkaga qamaldi.

'Sirdaryoda erkak xotiniini rashk qilib, shifokorni kaltakladi'ning rasmi

Sirdaryoda erkak bemor xotinini rashk qilib shifokorni kaltaklagani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, “102” orqali kelib tushgan chaqiruvda shifoxonaga ko‘rikka olib kelingan bemorning yaqinlari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Vaqea joyiga etib borgan profilaktika inspektorlari holatni o‘rganish jarayonida bemor ayolning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li shifokor ko‘rigiga olib kelgani, ko‘rik vaqtida navbatchi shifokor bemorni o‘tirishga yordamlaship, qorin sohasini tekshirayotgan payt rashk tufayli eri shifokor bilan janjallashib ketganini aniqlandi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida shifokor sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifokorda tan jarohati yoki shikast izlari aniqlanmadi.

To‘plangan materiallar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 197 prim 7-moddasi (tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) talablarini buzgan deb topildi va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:07

    Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi

    Ushbu korrupsion holatlar yuzasidan jinoyat ishi ko'zgatilib, ikki kishi qamoqqa olingan.

    'Bugun havo harorati 24 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Bugun havo harorati 24 darajagacha ko‘tariladi

    15 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2025 21:04

    'Toshkentda erkak xotiniga qurol bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2025 18:10

    Toshkentda erkak xotiniga qurol bilan tahdid qildi

    Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    'Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o‘tmish - umumiy kelajak'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2025 14:02

    Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o‘tmish - umumiy kelajak

    O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o'tmish - umumiy kelajak" mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilari II forumi bo'lib o'tmoqda.

    'Tanimas odam guldasta koʻtarib kelgani uchun Munisa Rizaevaning singlisi xavfsizlik xizmatini chaqirdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.11.2025 10:20

    Tanimas odam guldasta koʻtarib kelgani uchun Munisa Rizaevaning singlisi xavfsizlik xizmatini chaqirdi

    Kechasi uyning eshigi oldiga kelgan erkak ilgari jinoyat sodir etgan shaxs ekani aniqlandi.