AsosiyJamiyat

Neft-gaz sohasidagi choralar yuzasidan prezidentga hisobot berildi.

Қозиб чиқаришни барқарорлаштириш, йўқотишларни камайтириш ва янги технологияларни жорий этиш устувор вазифа этиб белгиланди.

'Neft-gaz sohasidagi choralar yuzasidan prezidentga hisobot berildi.'ning rasmi

Prezidentga neft-gaz tarmog‘ida barqaror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ta’minlash hamda moliyaviy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Undan O‘zbekneftgaz tizimida yilning birinchi choragi yakunlari, ikkinchi chorakdagi ustuvor vazifalar va ishlab chiqarish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi ko‘rib chiqildi.

Quduqlarni ishga tushirish va ta’mirlash, texnologik tadbirlarni izchil davom ettirish, xarajatlarni maqbullashtirish hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Quduqlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytirilmogda.

Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlish va o‘zlashtirish, 2D va 3D seysmik tadqiqotlar ko‘lamini oshirish hamda murakkab quduqlarni burg‘ilashda ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbari ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish va moliyaviy intizomni mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar