AsosiyDunyo

AQSh vizasi uchun yangi cheklovlar: semizlik va ayrim kasalliklar rad etish sabablari qatoriga qo‘shildi

Yangi koʻrsatma 2025 yil noyabrida barcha diplomatik vakolatxonalarga yuborilgan.

'AQSh vizasi uchun yangi cheklovlar: semizlik va ayrim kasalliklar rad etish sabablari qatoriga qo‘shildi'ning rasmi

AQSh Davlat departamenti visa berishni rad etish mumkin bo'lgan sabablar ro'yxatiga semizlik, saraton, yurak va qandli diabet kabi kasalliklarni kiritdi. Yangi ko'rsatma 2025 yil noyabrida barcha diplomatik vakolatxonalarga yuborilgan.

"The Washington Post"ning yozishicha, Davlat departamenti konsullik xodimlariga ariza beruvchilarning sog'lig'i visa masalasida muhim omil ekanini eslatgan. Hujjatda ayrim kasalliklar – yurak-qon tomir, nafas yo'llari kasalliklari, saraton, diabet va ruhiy holat bilan bog'liq muammolar – arizachining davolanishi "yuz minglab dollar" talab qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Ko'rsatmada semizlik ham rad etish ehtimolini oshiruvchi omil sifatida tilga olingan. Sababi, u astma, uyqu apnoesi, qon bosimining ko'tarilishi va depressiya kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yangi qo'llanma arizachining AQShda davolanish uchun yetarli mablag'iga egaligini tekshirishni, shuningdek, davlat yordamiga muhtoj bo'lish ehtimolini baholashni ham talab qiladi. "KFF Health News" yozishicha, bunday mezonlar arizachining "jamiyat uchun to'siq" bo'lishining oldini olishga qaratilgan.

Davlat departamentidagi ayrim manbalarning "Washington Post"ga ma'lum qilishicha, maqtu siyosiy rahbariyat tomonidan tayyorlangan va odatdagi ekspert tekshiruvidan o'tmagan.

Oq uy vakillari esa yangi yondashuv 100 yillik amaliyotga asoslanishini, soliq to'lovchi zimmasiga ortiqcha moliyaviy yuk tushmasligini ta'minlashga qaratilganini ta'kidlagan.

    Boshqa yangiliklar