AsosiyDunyo

BBC Trumpdan rasmiy uzr soʻradi

"Panorama" dasturida Tramp nutqidan olingan jumlalar noto'g'ri montaj qilingani tan olindi.

'BBC Trumpdan rasmiy uzr soʻradi'ning rasmi

Britaniyaning BBC teleradiokorporatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trumpdan rasmiy uzr so'radi. Qayd etilishicha, o'tgan yili efirga uzatilgan "Panorama" dasturida 2021 yil 6 yanvardagi Trump nutqidan parchalar montaj jarayonida birlashtirib yuborilgan.

Bu esa u tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirishga bevosita chaqirgandek tasavvur uyg'otgan.

Montaj qilingan versiyada "Biz Kapitoliyga boramiz, men sizlar bilan birgaman va biz kurashamiz" degan jumlalar to'xtovsiz ketma-ket qo'yilgan. Aslida esa bu iboralar nutqda bir-biridan taxminan bir soat farq bilan aytilgan.

BBC raisi Samir Shah bu holat "zoravonlikka da'vat kabi noto'g'ri taassurot" keltirib chiqarganini tan olib, Oq uyga shaxsan xat yuborgan. Korporatsiya mazkur dastur endilikda qayta namoyish etilmasligini ham ma'lum qilgan.

Trumpning advokatlari BBC raddiya va uzr so'ramasa, 1 milliard dollarlik tovon puli talab qilib sudga murojaat qilishini aytgan edi. Korporatsiya uzr so'radi, ammo kompensatsiya to'lashdan bosh tortdi.

    Boshqa yangiliklar