Namanganda to‘y kortejida ishtirok etib, xavfli manövurlar qilgan 50 nafar haydovchi aniqlandi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, ularning ayrimlari drift harakatlari qilgan, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqqan va transport hamda piyodalar xavfsizligiga tahdid solgan.
Bu holatlarning ko‘pi videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Sud qaroriga muvofiq, 25 nafar haydovchi bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinuvi BHMning 25 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Qolgan 25 kishiga esa BHMning 5 baravari — 2 million 60 ming so‘m jarima tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Andijonda ham to‘y kortejlari bilan bog‘liq qo‘pol qoidabuzarliklar uchun haydovchilar nisbatan chora ko‘rilgan edi.






