Uchrashuvda AQShning Yuta shtati va O‘zbekiston o‘rtasida savdo, innovatsiya, ta’lim va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar. Xususan, tog‘-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti yo‘nalishlarida yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida hududlararo munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Yuta shtati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






