AsosiyDunyo

Lukashenko amaldorlarni simli telefonlardan foydalanishga chaqirdi

Belarus prezidenti amaldorlarga mobil telefonlardan voz kechib, simli telefon orqali muloqot qilishni tavsiya etdi.

'Lukashenko amaldorlarni simli telefonlardan foydalanishga chaqirdi'ning rasmi

Aleksandr Lukashenko amaldorlardan xavfsizlikni ta'minlash maqsadida simli telefonlardan foydalanishni so‘radi. Unging so‘zlariga ko‘ra, bu qaror "konservativlik bilan emas, balki axborot xavfsizligi bilan bog‘liq".

"Telefoningiz bo‘lsa, qayerga borasiz, nima qilasiz – hammasi ma'lum. U yoqilgan yoki o‘chirilgan bo‘lishidan qat'iy nazar, maxsus xizmatlar siz haqingizda hammasini biladi", – dedi Lukashenko.

Prezident raqamlashtirish jarayonlariga ehtiyotkorlik bilan yondashishni ham tavsiya etdi. Unging fikricha, ayrim hujjatlar va ma'lumotlarni qog‘oz shaklida saqlash maqsadga muvofiq.

Lukashenko, shuningdek, o‘zida mobil telefon yo‘qligini ma'lum qildi: "Menda telefon yo‘q, lekin yashayapman. Hatto Respublika Kengashi rahbari Natalya Kochanova bilan ham simli telefon orqali gaplashaman", – dedi u.

Belarus rahbari bosh vazir Aleksandr Turchinga mamlakatdagi simli aloqa tarmog‘ini saqlab qolish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Boshqa yangiliklar