AsosiyDunyo

Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

"O'zgidromet" bugun, 11 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

'Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar