AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi

Ular odamlarga ajratilgan kredit mablag'larini naqdlashtirib berishni va'da qilib, 600 nafar fuqaroni chuv tushirgan.

'Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida fuqarolarning ishonchini suiiste'mol qilib, qariyb 1 milliard 32 million so‘m miqdoridagi pul mablag'larini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida "limitlash xizmati" nomi bilan sahifa ochgan shaxslar fuqarolarga mikromoliya tashkilotlari orqali ajratilgan kredit limitlarini naqdlashtirib berishni va'da qilishgan.

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati hamda Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan choralar natijasida Ohangaron tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan B.N. va uning uch nafar sheriklari aniqlandi va qo‘lga olindi.

Gumon qilinuvchilar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik subyekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, fuqarolardan olingan mablag'larni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgani ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov jarayonida fuqarolarga etkazilgan moddiy zararni undirish chorasi ko‘rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:01

    Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi

    Prezident bu boradagi farmonni imzoladi.

    'Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

    Toshkent shahar FVB yong‘in tafsilotlarini ochiqladi.

    'Toshkentda ko‘p qavatli uyda 2,5 mlrd so‘mlik "svet" noqonuniy ishlatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    O'zgidromet 9 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Toshkentda qish mavsumida 24 soat ishlovchi shtab tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 22:26

    Toshkentda qish mavsumida 24 soat ishlovchi shtab tashkil etildi

    Ushbu ishchi guruh issiqlik, gaz, suv va "svet"da uzilishlar yuzaga kelganda aholi murojaatlari boʻyicha choralar koʻradi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 21:37