AsosiyJinoyat

Turkiyada qoʻlga olingan "kiberfiribgar" Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u ilgari bir qator “kiberfiribgarlik” jinoyatlarini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.

'Turkiyada qoʻlga olingan "kiberfiribgar" Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.'ning rasmi

Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 10 nafardan ortiq fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilingan Zohirjonov Umid DIlshod o‘g‘li (2005 y. t.) qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u ilgari bir qator “kiberfiribgarlik” jinoyatlarini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.

Jabrlangan fuqarolardan IIV yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

IIV ta’kidlashicha, xorijda yashirinib yurgan jinoyatchilarga nisbatan ta’qib davom ettiriladi va “jinoyat uchun javobgarlik” tamoyili qat’iy ta’minlanadi. Shu bilan birga, fuqarolar firibgarlarning tuzo‘g‘iga tushib qolmaslikka chaqirildi.

    Boshqa yangiliklar