AsosiyJamiyat

Green Card uchun ariza berish tartibida o'zgarishlar bo'ladi

AQSh Davlat departamenti DV-2027 (Diversity Visa) lotereyasida ishtirok etish tartibiga texnik o'zgarishlar kiritayotganini ma'lum qildi.

'Green Card uchun ariza berish tartibida o'zgarishlar bo'ladi'ning rasmi

O‘zgarishlar dastur mazmuniga emas, balki tashkiliy jarayonlarga tegishli.

DV-2027 natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va e’lon qilishning boshlanish sanalari tez orada ma’lum qilinadi. Viza topshirish muddati esa o‘zgarishsiz qoladi — 2026 yil 1 oktabrdan 2027 yil 30 sentyabrgacha.

Shuningdek, 2025 yil 16 sentyabrdan boshlab lotereyada qatnashish uchun har bir ishtirokchi 1 dollar to‘lov amalga oshiradi. Bu chora soxta arizalar va firibgarlik holatlarini kamaytirishga qaratilgan.

2025 yilda O‘zbekiston 5,5 ming g‘olib bilan Green Card lotereyasining eng yuqori natijasini qayd etgan. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston joylashgan.

Green Card — chet el fuqarolariga AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar