Filippin poytahti Manilada o‘tkazilgan "Dunyo go‘zali" tanlovida 21 yoshli Chexiyalik model Natali Pushkinova mutlaq g‘olib deb topildi. Tanlovda jami 79 mamlakat vakillari ishtirok etgan.
Maxsus nominatsiyalarda "Havo malikasi" – Islandiyadan, "Suv malikasi" – Vyetnamdan, "Olov malikasi" esa Tailanddan tanlangan.
Natali Pushkinova hozirda Praga yaqinida yashaydi va Karl universitetida "Marketing kommunikatsiyalari va ommaaviy aloqalar" bo‘yicha tahsil oladi.
Tanlovning asosiy maqsadi – nafaqat go‘zallik, balki ekologik ongni oshirish va ishtirokchilarni atrof-muhitni himoya qilish elchilari sifatida tayyorlashdir.






