AsosiyJinoyat

Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi

41 yoshli erkak maxsus koloniyada jazoni o'taydi.

'Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 41 yoshli S. R. sobiq turmush o‘rtog‘i G. E. hamda uning ota-onasini o‘z boshqaruvidagi yuk mashinasida qasddan bosib o‘ldirdi. 

Sud hujjatlariga ko‘ra, S.R. 2008 yilda Gulmira bilan turmush qurgan, 2021 yilda esa ular rasmiy ajrashgan. 2024 yilning dekabrida S.R. dala hovlisidan majburiy chiqarish qarori chiqqan va 2025 yilning mart oyida MIB xodimlari bu ijro harakatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelganida S.R. yuk mashinasi bilan ularga hujum qilgan.

 Guvohlar sudda S.R. harakatini qasddan va oldindan rejalashtirilgan deb tasdiqlagan. U avval sobiq turmush o‘rtog‘ini, so‘ng qaynona va qaynotasini mashina bilan urib, ustidan haydash orqali og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Keyin pichoq bilan ham hujum qilgan. Jabrlanganlar olgan og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Tomdi tuman sudi Rustamovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 219-moddasi (hokimiyat yoki fuqaroliy vazifani bajarayotgan shaxsga qarshilik) bo‘yicha aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

    Boshqa yangiliklar