Fransiyaning poytaxti Parijda nooddiy bahs avj oldi: kalamushlar — dushmanmi yoki qo‘shnimi? Shahar vitse meri Gregori Moro kalamushlardan qo‘rqish emas, balki ularga hurmat bilan qarash kerakligini aytmoqda.
U bunga shaxsan o‘zi misol bo‘lish uchun ishga ham, bozorga ham yelkasiida "Plyum" nomli kalamushi bilan boradi. Moro fikricha, kalamushlarning obro‘yi asossiz ravishda chuma davridan beri yomonlashgan. Ular endi deyarli kasallik tarqatmaydi, aksincha, ko‘chalardagi chiqindilarni yo‘qotishda yordam beradi.
Biroq hamma ham bunga qo‘shilmaydi. 17-okrug meri Joffru Bullar o‘zini "kalamushlarning ashaddiy dushmani" deb atab, Moro fikrini "xayolparastlik" deya tanqid qilgan.






