Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bugun, 4 noyabr kuni soat 11:58 da Yangihayot tumanidagi Binokor qo‘rg‘oni, Sholikor ko‘chasida joylashgan penoplast ishlab chiqarish sexida yong‘in boshlandi.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yuborilgan bo‘lib, ular soat 12:08 da yetib borib, o‘t o‘chirish ishlarini boshlagan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Yong‘in sabablari aniqdanmoqda.






