Bugun, 3 noyabrgacha o‘tar kechasi Afg‘onistonning shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 150 ga yaqin odam tan jarohati oldi. "Tolibon" muvaqqat hukumat vakillari qurbonlar haqida ma’lumotni tasdiqlagan. Zilzila Mazori-Sharifdagi mashhur Moviy masjidga ham jiddiy zarar yetkazgan. AQSH Geologik xizmati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligini bildirdi. Zilzila to‘lqinlari Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda ham sezildi. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida yer silkinishi 5 ball kuch bilan qayd etilgan. Hududda binolarga zarar yetgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Boshqa yangiliklar

Dunyo Bugun 07:06
Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi
Microsoft asoschisi Jeffri Epshteyn bilan munosabatlari bo‘yicha izoh berib, yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaganini tan oldi va uzr so‘radi.

Dunyo 26.02.2026 06:58
Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди
AQSh prezidenti mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini bildirgan, Ukraina rahbari esa bu borada boshqacharoq fikr bildirgan.

Dunyo 25.02.2026 13:24
Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin
Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.

Dunyo 25.02.2026 12:40
Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi
Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.


