AsosiyJamiyat

Mirzacho'ldagi bog'chada 1 yoshli bola basseynga tushib ketdi

Buning oqibatida u halok boʻlgan.

'Mirzacho'ldagi bog'chada 1 yoshli bola basseynga tushib ketdi'ning rasmi

Mirzacho‘l tumanidagi “Mehrli Yulduz” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 24 oktyabr kuni fojiali hodisa yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 5 mayda tug‘ilgan bola bog‘cha hovlisida qarovsiz qolib, basseyn ichiga tushib ketgan. Bola suv yutib vafot etgan.

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmogda.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, bog‘cha xodimlarining mas’uliyati va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi o‘rganilmogda.

    Boshqa yangiliklar