Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, umumta’lim maktabi direktor va ularning o‘rinbosarlari endi KPI — faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
Qarorga binoan, rahbarlar to‘plagan balliga qarab 2,5 foizdan 20 foizgacha ustama oladi.
Eng yuqori ball to‘plagan direktorlar oylik ish haqining 20 foizigacha qo‘shimcha olishlari mumkin. Ustamalar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.






