AsosiyJamiyat

O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi

Bryusseldа EPCA — kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

'O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi'ning rasmi

24 oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Europa kengashi Prezidenti Antoniu Koshata va Europa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Layen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Europa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA) imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Yangi hujjat 1996 yildagi Sheriklik va hamkorlik bitimini almashtirib, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini yangilaydi va kengaytiradi. EPCA 9 bo‘lim, 356 modda va 14 ilovadan iborat bo‘lib, siyosiy muloqot, savdo va investitsiyalar, fan va ta’lim, innovatsiyalar, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarni qamrab oladi. Bitim O‘zbekiston va Europa Ittifoqi munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berib, hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqishi kutilmogda. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kecha rasmiy tashrif bilan Bryusselga etib borgan, uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 22:11

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 19:24

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 18:50

    'Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 13:42

    Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi

    Yoʻlovchilar tez tarqalgan yongʻindan chiqib ketishga ulgurmagan.

    'Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 12:21

    Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda

    2017 yildan beri olib borilayotgan islohotlar natijasida 2,3 milliondan ortiq oila ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2025 11:48