O‘zbekistonda joriy yilning I choragida tashqi savdo hajmi umumiy hisobda o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, eksport ko‘rsatkichlarida pasayish qayd etildi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, yanvar–mart oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 18 mlrd dollarga etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sishni anglatadi. Biroq eksport hajmi 5,8 mlrd dollar atrofida shakllanib, 29,3 foizga kamaygani qayd etilmoqda.
Shu bilan birga, import hajmi sezilarli darajada oshib, 12 mlrd 213,8 mln AQSH dollariga etgan. Bu esa avvalgi yildagi xos davrga nisbatan 30,8 foiz o‘sish degani. 140 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirilib, jumladan, Xitoy (32,5 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (8,4 foiz) kabi davlatlar asosiy importchilar bo‘lgan. Bu esa jami importning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Bu esa ichki bozorda import mahsulotlariga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Tashqi savdoda asosiy hamkorlar sifatida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi o‘rinni saqlab qolgan. Bu davlatlar bilan savdo aylanmasi umumiy import va eksport oqimining katta qismini tashkil etmoqda.






