AsosiyJamiyat

AQShdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

1 may kuni migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonliklar charter reys bilan Toshkentga qaytarildi.

'AQShdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi'ning rasmi

Poytaxtga migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonliklar olib kelingan charter reys qo‘ndi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 1 may kuni Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan samolyot bortida 26 nafar fuqaro bo‘lgan. Ular AQSh migratsiya qoidalarini buzgani uchun deportatsiya qilingan. Qayd etilishicha, fuqarolarni qaytarish O‘zbekiston va AQSh vakolatli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan. Barcha tashkiliy va huquqiy jarayonlar, jumladan shaxsni aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashish ishlari tezkor tarzda bajarilgan.

    Boshqa yangiliklar