AsosiyJamiyat

Olison hududlarda xususiy klinikalarga 200 mln dollarlik kredit ajratiladi

Ma'lum qilinishicha, har bir tashabbuskorga 10 yilgacha muddatga 10 mln dollargacha kredit berish ko'zda tutilgan.

'Olison hududlarda xususiy klinikalarga 200 mln dollarlik kredit ajratiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda olis hududlarda zamonaviy xususiy klinikalar ochish uchun 200 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1 may kuni Prezident sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga oid taqdimotda ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, har bir tashabbuskorga 10 yilgacha muddatga 10 mln dollargacha kredit berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kredit foizining yarmini davlat qoplab berishi rejalashtirilgan.

Bu choralar hududlarda tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va xususiy sektor ishtirokini oshirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun soliq imtiyozlari, jumladan, ijtimoiy soliqni 1 foizga tushirish taklif etilgan.

    Boshqa yangiliklar