Bugun, 22 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardorbek Umurzakov hamda Alisherbek Paygamonov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Sardorbek Umurzakov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentiga rahbar etib tayinlangan.
Shu munosabat bilan u ilgari egallab turgan Prezident Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Alisherbek Paygamonov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Tashqi aloqalar departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgan. Biroq uning qaysi lavozimga tayinlanganigi ochiqlanmadi.