AsosiyDunyo

Fransiyadagi yana bir muzeyda o‘g‘irlik bo‘ldi

Voqea Luvr muzeyidagi jinoyatdan bir kun o'tib sodir bo'lgan.

'Fransiyadagi yana bir muzeyda o‘g‘irlik bo‘ldi'ning rasmi

Fransiyaning Langre shahrida joylashgan "Deni Didro ma'rifat uyi" muzeyiga ham o'g'ri tushdi. Bu haqda France Info xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 20 oktyabr kuni ertalab ishga kelgan muzey xodimlari kirish eshigi buzilganini, oltin va kumush tangalar solingan shisha vitrina singanini anilaggan. Jinoyatchilar muzeyga qo'yilgan tangalarning bir qismini o'g'irlab ketgan.

Shuningdek, 1790—1840 yillarda zarb etilgan va 2011 yilda muzey binosini restavratsiya qilish paytida topilgan tangalar to'plami (1 633 ta kumush va 319 ta oltin) o'g'irlangan. Ularning umumiy qiymati 90 ming yevroga baholangan. Muzeyning boshqa eksponatlari o'z joyida qolgan.

 Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari zudlik bilan xabardor qilingan. Hozirda muzey xodimlari o'g'irlangan tangalar sonini aniqlamoqda. Langrdagi muzeyning talon-taroj qilinishi Parijdagi Luvr muzeyini tunab ketishganidan bir kun o'tib sodir bo'ldi. Niqobli jinoyatchilar imperator kollektsiyasidan to'qqizta eksponatni, jumladan, Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o'g'irlab ketgan. O'g'irlangan narsalarning umumiy qiymati 88 million yevroga baholanmoqda.

Jinoyatchilar va qimmatbaho taqinchoqlar hali topilmagan. Hozircha bu seriya ortida qandaydir jinoyiy guruh turgani yoki gap tasodif jinoyatlar haqida ketayotgani aniq emas. Luvrni talon-taroj qilish holatida tergovchilar uning ortida professional uyushgan to'da turganini aytmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 22:01

    'Oʻzbekistonda prezident korteji sabab homilador ayol vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 18:06

    Oʻzbekistonda prezident korteji sabab homilador ayol vafot etdi

    Marhumaning eri xavfsizlik kuchlariga tiz cho‘kib yolg‘orishiga qaramasin ular xiyobonlar orqali tuman tibbiyot birlashmasiga borishni aytgan va ayol tug‘ulmagan bolasi bilan birga erining qo‘lida vafot etgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 17:06

    'Real Sanjik atrofidagi mojaro: uy shartnomasi firibgarlikmi?'ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 16:23

    Real Sanjik atrofidagi mojaro: uy shartnomasi firibgarlikmi?

    Tanıqli blogger Real Sanjikga qarshi uy hujjatlarini aldov yo‘li bilan rasmiylashtirganlik da’vosi ilgari surildi.

    'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 15:02

    Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

    Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

    'Netanyahu Misr razvedkasi rahbari bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Dunyo 22.10.2025 12:16

    Netanyahu Misr razvedkasi rahbari bilan nimani muhokama qildi?

    Uchrashuv 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan.