AsosiyDunyo

Turkiyada "ro'mol talash" o'yini fojia bilan tugadi

16 yoshli o‘quvchi sinfdoshi tomonidan tanasining 5 ta joyidan pichoqlandi.

'Turkiyada "ro'mol talash" o'yini fojia bilan tugadi'ning rasmi

Bu voqea Konya viloyatining Beyşehir tumanidagi maktabda bo‘lgan. O‘quvchilar “Mendil kapma”, ya’ni ro‘mol talash o‘yinini o‘ynayotganda janjal chiqadi.

Bahs tezda mushtlashuvga aylanadi. 16 yoshli yigit urushni to‘xtatmoqchi bo‘ladi, ammo o‘zi ham kaltaklanadi.

Oradan ko‘p o‘tmay, taraflar “gapni joyiga qo‘yamiz” deb maktab yaqinida uchrashishadi. Ammo bu uchrashuv qon bilan yakunlanadi.

17 yoshli o‘quvchi cho‘ntagidan pichoq chiqarib, do‘stini 5 joyidan uradi. Yarador o‘quvchi og‘ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar