AsosiyDunyo

Zelenskiy ochiqchasiga Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishga tayyorligini bildiradi

Ukraina va Evropa ittifoqi 12 banddan iborat tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda.

'Zelenskiy ochiqchasiga Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishga tayyorligini bildiradi'ning rasmi

Bloomberg manbalariga ko‘ra, Rossiyaning 300 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlari faqat Moskva urushdan keyingi Ukrainaning tiklanishiga hissa qo‘shishga rozi bo‘lgandagina qaytariladi.

Rejaga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish, deportatsiya qilingan bolalarni qaytarish va asirlarni almashish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Kiyev xavfsizlik kafolatlari, Yevropa Ittifoqiga tezroq qo‘shilish imkoniyati va urush oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag‘ olishi kerak.

Reja bajarilishini AQSh prezidenti Donald Trump boshchiligidagi kengash nazorat qilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar