Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trump Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga Donbassni Rossiyaga topshirishni maslahat bergan va “aks holda Putin Ukrainani yo‘q qiladi”, degan.
Trump va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvda suhbat keskin ohangda kechgan. Manbalarga ko‘ra, Trump Ukrainani Rossiya talablariga rozi bo‘lishga undagan va bu “urushni tugatishning yagona yo‘li” ekanini aytgan.
Bunga qadar The Washington Post ham ikki yuqori martabali manbaga tayanib, Putin 16-oktabrdagi Trump bilan suhbatda Donetsk viloyati ustidan to‘liq nazoratni urushni to‘xtatish sharti sifatida qo‘yganini yozgan edi.
Putin buning evaziga Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya bosib olmagan qismlaridan voz kechishga tayyorligini bildirgan.