DXX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Jarqo‘rg‘on tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari va davlat ijrochisi o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida 1993 y.t. fuqaroga nisbatan xorijga chiqishga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilib berish uchun 600 AQSH dollari hamda paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan yuritilgan ijro ishi doirasida xo‘jalikning yer maydonlarini aukcion savdolariga chiqarmaslik evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.