AsosiySiyosat

Prezident kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashdi

Davlat rahbari kasaba uyushmalarining ko‘p millionli a’zolariga hurmatini bildirib, inson mehnati va uning qadri har qanday boylikdan ustun ekanini ta’kidladi.

'Prezident kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda geosiyosiy va iqtisodiy keskinlik kuchayotgan bir paytda, O‘zbekiston tinchlikni mustahkamlash va xalq farovonligini oshirish yo‘lida dadil harakat qilmogda.

U bu jarayonda mehnatkash xalq va kasaba uyushmalari hissasini beqiyos deb atadi.

Mirziyoyev so‘nggi yillarda 130 milliard dollarlik investitsiya jalb qilingani, millionlab ish o‘rinlari yaratilgani va aholi jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga etganini qayd etdi. Shuningdek, bolalar va majburiy mehnatga barham berilgani Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan e’tirof etilgani eslatildi.

Davlat rahbari O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining erkin va mustaqil faoliyati uchun barcha sharait yaratilganini, ularning inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdag‘i roli bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar