AsosiyJamiyat

2026 yilda Hajga boruvchilar uchun yangi tibbiy talablar joriy etildi

Saudiya Arabistoni Hoj va Umra vazirligi 2026 yilgi Hoj mavsumidan boshlab ziyoratchilar uchun sog‘ligni saqlash bo‘yicha yangi tartibni e’lon qildi.

'2026 yilda Hajga boruvchilar uchun yangi tibbiy talablar joriy etildi'ning rasmi

Endilikda Haj vizasini olish uchun har bir nomzod “Nusuk” platformasi orqali sog‘lomlik to‘g‘risida rasmiy guvohnoma taqdim etishi lozim.

Yangi tartib ziyoratchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha idoralarga Hajga boruvchilarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiyatini yukladi.

Dializ talab qiluvchi buyrak yetishmovchiligi, og‘ir yurak va o‘pka kasalliklari, faol onkologik yoki yuqumli kasalliklar, shuningdek, homiladorlikning so‘nggi bosqichidagi ayollarga Haj safariga chiqish taqiqlanadi.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tmasdan yoki soxta ma’lumot berganlar aniqlansa, Haj vazirligi tomonidan qat’iy choralar ko‘riladi.

    Boshqa yangiliklar