AsosiyJamiyat

Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi

YTH tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagida sodir bo‘lgan.

'Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi'ning rasmi

2025 yil 12 oktyabr kuni soat 14:30 atrofida Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi S.R. boshqaruvidagi Nexia mashinasi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.

Viloyat IIB YHHX xabariga ko‘ra, bolalar yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida piyodalardan biri — N.I. chap oyog‘idan yopiq sinish jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ikkinchi bola — N.Y. sog‘ qolgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmogda. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va jamoatchilik e‘tiborini tortmogda.

    Boshqa yangiliklar