12 oktyabr kuni soat 21:35 atrofida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Locetti-2 mashinasida harakatlanayotib, boshqa bir Locetti-2 ni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq u boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etgan. To‘qnashuv natijasida haydovchi U.B. boshqargan avtomobilda yong‘in chiqqan. Yong‘in qisqa fursatda FVB xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Rasman ma’lum qilinishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmogda.