AsosiyDunyo

Kosankalar Portugaliya sohilida yaxtani cho'ktirib yubordi

Yachtda besh kishilik oila — er-xotin va ularning 8, 10 hamda 12 yoshli uch qizi bo‘lgan.

'Kosankalar Portugaliya sohilida yaxtani cho'ktirib yubordi'ning rasmi

10 oktyabr kuni Portugaliya sohillarida nooddiy hodisa ro‘y berdi — kosatka (orkalar) frantsuz oilasiga tegishli 11 metrlik “Ti’fare” nomli yaxtani cho‘ktirib yubordi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, voqea Penishe shahri yaqinida, qirg‘oqdan 45 dengiz mili (taxminan 84 km) uzoqlikda sodir bo‘lgan. Yaxtada besh kishilik oila — er-xotin va ularning 8, 10 hamda 12 yoshli uch qizi bo‘lgan.

Yaxta 29 sentyabr kuni Fransiyaning Lorian shahridan yo‘lga chiqqan. Oradan 11 kun o‘tib, dengizda favqulodda signal yuborilgan va Lissabon dengiz qutqaruv markazi yordamga chaqirilgan.

Oila a’zolari qutqaruv qayig‘iga o‘tib, yaqin atrofdagi baliqchi kemasi tomonidan qutqarib olingan. Orkalar esa yaxtaning korpusini teshib yuborgan, natijada u qisqa vaqt ichida butunlay cho‘kkan.

Bu — 2025 yilda Portugaliya qirg‘oqlari yaqinida orkalar bilan bog‘liq 61-hodisa hisoblanadi. O‘tgan oy ham, 13 sentyabrda, bu suv hayvonlari Kaparika sohili yaqinida yana bir parusli yaxtani cho‘ktirgan edi.

Mutaxassislar orkalar nima uchun bunday tutayotganini hali anidlay olishmadi. Biologlar bu holatni “hujum” deb emas, balki “o‘ziga xos interaksya yoki uchrashuv” deb atashni afzal ko‘rmoqda.

    Boshqa yangiliklar