AsosiyDunyo

Trump xorijiy filmlarga 100 foizlik boj taklif qildi.

Prezidentning aytishicha, bu choralar Hollywood kinoindustriyasini himoya qilishga qaratilgan.

'Trump xorijiy filmlarga 100 foizlik boj taklif qildi.'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump xorijda suratga olingan barcha filmlarga boj solishni taklif qildi. Unga ko‘ra, bu choralar Hollywood kinosanoatini himoya qilishga qaratilgan.

Trump Truth Social’da xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy etish niyatini ma’lum qildi.

CNN xabariga ko‘ra, qarorning qachon kuchga kirishi hozircha noma’lum. Prezident bu orqali Kaliforniyadagi kino ishlab chiqarishga salbiy ta’sirni kamaytirishni maqsad qilgan.

Ammo mutaxassislar tashabbusni tanqid qildi. Ularning fikricha, bunday boj joriy etilsa, ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolishi mumkin.

Shuningdek, Trumpning bu qarorni qonuniy amalga oshirish vakolati yo‘qligi ham eslatib o‘tildi.

    Boshqa yangiliklar