AsosiySiyosat

Prezident Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

Jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi 94 yoshida vafot etdi.

'Prezident Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev jamoat arbobining vafoti yuzasidan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.  

Bildirilishicha, atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov shu yil 28 sentabr kuni 94 yoshida vafot etdi.

I.H.Jo‘rabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini 1955 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi 8-jamoa xo‘jaligida muhandis-gidrotexnik sifatida boshladi. Keyinchalik ushbu tumanda Sug‘orish markazi boshlig‘i, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i,  “Suvqurilish” tresti boshqaruvchisi, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.

Tashkiliy-xo‘jalik ishlariga rahbarlik qilish borasida  katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan I.H.Jo‘rabekov 1985 yilda yanada mas’uliyatli vazifa – O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida davlatimiz mustaqilligining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, mamlakatimiz oldida turgan g‘oyat serqirra va keng ko‘lamli vazifalarni bajarish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi. Xususan, ijro hokimiyati institutlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mahalliy hokimliklar ishini muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligida  islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakatini rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida tashkilotchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyish etgan.

I.H.Jo‘rabekov Davlat suv nazorati boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib borgan.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimizni amalga oshirishda I.H.Jo‘rabekov, motabar yoshda bo‘lishiga qaramay, suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, o‘zining boy bilim va tajribasi, qimmatli maslahatlari bilan sohani rivojlantirish, yosh kadrlarni tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan.

I.H.Jo‘rabekovning xalqimiz va Vatanimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni,  “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.      

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Bosh Assambleyasi: Netanyaxu Falastinni tan olishni "uyatli" deb atadi'ning rasmi

    Siyosat 27.09.2025 13:42

    BMT Bosh Assambleyasi: Netanyaxu Falastinni tan olishni "uyatli" deb atadi

    Nutqni boshlashdan avval o‘nlab rasmiy va diplomatlar norozilik sifatida xonani tark etishdi.

    'Prezident boshchiligida paxta hosili yig‘imi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 26.09.2025 19:34

    Prezident boshchiligida paxta hosili yig‘imi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    Bu yil 875 ming gektar maydonga chigit ekilib, 3,7 million tonna hosil uchun shartnomalar tuzilgan.

    'Oʻzbekiston va Ukraina siyosiy muloqotni qayta tiklamoqchi'ning rasmi

    Siyosat 26.09.2025 12:23

    Oʻzbekiston va Ukraina siyosiy muloqotni qayta tiklamoqchi

    Tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 25.09.2025 15:04

    'Mirziyoyevning Nyu-York safari: Strategik muloqot, yangi kelishuvlar va o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv'ning rasmi

    Siyosat 25.09.2025 08:56

    Mirziyoyevning Nyu-York safari: Strategik muloqot, yangi kelishuvlar va o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga qilgan tarixiy tashrifi yakunlandi.