AsosiyJamiyat

Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi

Mustaqillikning ilk yillarida qishloq va suv xo'jaligi sohasida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan mutaxassis 28 sentyabr kuni olamdan o'tdi.

'Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi'ning rasmi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, agrar va suv xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik mehnati bilan tanilgan Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi. U 1931 yil 12 sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Ismoil Jo‘rabekov 1990-yillar va 2000-yillar boshida mamlakat agrar sektorida yetakchi lavozimlarda ishlagan. Jumladan, u 1994–1998 yillarda bosh vazir o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, 2000–2004 yillarda esa Prezidentning agrar masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng 2021 yilda Suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi sifatida davlat xizmatiga qaytgan.

Ismoil Jo‘rabekov faoliyati davomida bir qator oliy mukofot va unvonlar bilan taqdirlangan, jumladan, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati", "Buyuk xizmatlari uchun", "Fidokorona xizmatlari uchun" kabi ordenlar sohibi bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.

    Tadbırda so‘zga chiqqan Hayrullo Ibadullayev usbu yuqsaq e’tirof uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, bunday vaziyatda har bir o‘zbek farzandi bolaning hayotini saqlab qolish uchun shunday yo‘l tutishi tabiiy ekanini ta’kidladi.

    'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻtamurod Raimboevga BYD Chazor avtomobili sovgʻa qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:35

    'Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi

    Birinchi bosqichda 616 mingdan ortiq oila davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    'Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi

    Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni bot orqali sotib, belgilangan joylarga yashirib qoldirgan.

    'Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi

    Voyaga yetmagan haydovchi avtomobilni guvohnomasiz boshqargan. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi.