25 sentyabr kuni soat 15:35 da Andijon shahriming “Bog‘ishamol” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro yo‘lning 342-kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-2 mashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan 10 yoshli o‘quvchini urib yubordi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
So‘nggi kunlarda bolalar ishtirokidagi YTHlar soni ko‘paygan. Mutasaddilar ota-onalar va haydovchilarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda.






