BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev uchrashuv o‘tkazdi. Bu ikki davlat rahbarlarining Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan keyingi ilk mulogoti bo‘ldi.
Zelenskiy uchrashuvdan songgi bayonotida Ukraina, AQSh, Yevropa va boshqa sheriklarning urushni to‘xtatish va odamlar hayotini asrash yo‘lidagi say-harakatlari muhokama qilinganini ma’lum qildi. Shuningdek, Ukraina iqtisodiyotini tiklash jarayonida qozoq kompaniyalarining ishtirokidan manfaatdorlik masalasiga ham e’tibor qaratildi. Zelenskiy Qozog‘istonga mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev esa bayonotida mojaroni bartaraf etish yo‘llarini izlash maqsadida diplomatik harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.






