AsosiyJamiyat

Rossiya harbiy roʻyxatdan boʻyin tovlaganlarni fuqarolikdan mahrum qilmoqchi

Qonun loyihasini hukumat toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

'Rossiya harbiy roʻyxatdan boʻyin tovlaganlarni fuqarolikdan mahrum qilmoqchi'ning rasmi

Rossiya hukumatining harbiy ro‘yxatga turishdan bo‘yin tovlashgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Bu taklif “Yagona Rossiya” partiyasi deputatlari – Andrey Kartapolov, Andrey Krasov, Ernest Valeyev va Vasiliy Piskarev tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjat harbiy majburiyatlardan qochgan, xususan, ro‘yxatga olishdan bo‘yin tovlashgan fuqarolarning Rossiya pasportini bekor qilish imkonini yaratadi. Qonun loyihasi hali parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Tahlilchilar bunday choralar Rossiyada harbiy safarbarlik siyosatini kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

    Boshqa yangiliklar