AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaning uch hududiga yirik zarba berdi.

Hujum ortidan halok ikki kishi halok bo'lgan, yana ikki kishi jarohat olgan.

'Rossiya Ukrainaning uch hududiga yirik zarba berdi.'ning rasmi

Rossiya armiyasi Zaporojye shahriga kamida beshta aviabomba tashladi. Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, ikki kishi halok boʻlgan, yana ikki kishi jarohat olgan, ulardan biri ogʻir ahvolda. Hujum oqibatida turar joylar, fuqarolik va sanoat infratuzilmasi zarar koʻrgan.

 Kiyev viloyatining Borispol tumanida dron zarbalaridan keyin uch qavatli uy va ikkita xonadonda yongʻin chiqqan. 32 yoshli erkak elkasi bilan jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda dronlarning Borispol aeroporti tomonga yoʻnalgani aytilmoqda.

 Sumi shahrida ham kamida uchta dron zarbasi qayd etilgan. Mahalliy rasmiylarga koʻra, ikki zarba sanoat obʼyektlariga, biri esa oʻquv muassasasiga toʻgʻri kelgan. Yaqin atrofdagi koʻp qavatli uylarda oynalar sinib, korxona qoʻriqchisi tan jarohati olgan.

    Boshqa yangiliklar