AsosiyJamiyat

Qirgʻizistondagi yer silkinishi Oʻzbekistonga ham sezildi

Zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 ball.

'Qirgʻizistondagi yer silkinishi Oʻzbekistonga ham sezildi'ning rasmi

Bugun, 22 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:04 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi va tebranish O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 bal. Magnitudasi 3,3. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalari 40,09 shimoliy kenglik, 71,95 sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Quvasoy shahrida 2 bal, 23 km;

Farg‘ona tumanida 2 bal, 31 km;

Farg‘ona shahrida 2 bal, 68 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 4 balli zilzila sodir bo‘lgandi.

    Boshqa yangiliklar