AsosiyDunyo

Hindistonda chorvador 20 kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘milgan holda topdi

Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

'Hindistonda chorvador 20 kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘milgan holda topdi'ning rasmi

BBC xabariga ko‘ra, chaqaloq echkilarini boqayotgan chorvador tomonidan tasodifan topilgan. Yer ostidan yig‘i ovozini eshitgan erkak chaqaloqning qo‘llari chiqib turganini ko‘rib, darhol mahalliy aholiga xabar bergan. Politsiya xodimlari uni tuproq ostidan chiqarib olgan.

Shifoxonaga yotqizilganida chaqaloqning og‘zi va burni tuproqqa to‘la, tanasi esa loy va chivin chaqqan izlari bilan qoplangan bo‘lgan. Shifokorlar uning hayoti xavf ostida qolayotganini ma’lum qilgan.

Politsiya hozircha chaqaloqning ota-onasini topa olmagan. Mutaxassislar bu holat ortida jinsga asoslangan kamsitish bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

    Boshqa yangiliklar