Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti rahbari bilan uchrashib, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida qilinayotgan islohotlar va muhim bosqichlar haqida fikr almashdi.
17 sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngazi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, JSTga aʼzo boʻlish jarayonida yuzaga keladigan ehtimoliy qiyinchiliklar va oʻzaro ishonch muhimligi muhokama qilindi.
Mirziyoyeva JST rahbariga doimiy qoʻllab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston global savdo tizimiga integratsiyalashuv borasidagi qatʼiy pozitsiyasini yana bir bor taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, bu ikki rahbarning birinchi uchrashuvi emas – ular 2023 yilda Toshkent va Jenevada ham mulogot qilgan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish doirasida AQSh, Pokiston, Tailand, Buyuk Britaniya va Shveytsariya bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan.