AsosiyJamiyat

9 oyda 400 dan ortiq mansabdor manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻydi

Ular aksariyati maktab, maktabgacha ta'lim, sog'liqni saqlash va mahalliy hokimiyat organlari xodimlari bo'lgan.

'9 oyda 400 dan ortiq mansabdor manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻydi'ning rasmi

Oliy Majlisda bergan axborotida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonovning aytishicha, qonun kuchga kirgan 2024 yil dekabrdan buyon 9 oy ichida 407 nafar davlat xizmatchisi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun kuchga kirguniga qadar esa 213 ta holatda yaqin qarindoshlarning bir-biriga bo‘ysunib ishlayotgani, 1513 nafar xodimning esa xizmat bilan birga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Shuningdek, 2677 ta normativ hujjat loyihasi korrupsion ekspertizadan o‘tkazilib, 455 tasida 1000 dan ortiq korrupsiyaga oid omillar aniqlangan. So‘nggi 6 yil ichida esa 791 nafar shaxs davlat xaridlarini noqonuniy amalga oshirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ularning aksariyati maktab, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalliy hokimiyat organlari xodimlari bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Тошкентда 6 мингдан ортиқ йўловчи автобусда йўлкира тўламагани учун жаримага тортилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:17

    'Xorazmda 2 yoshli bola YTQ qurboni bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:39

    Xorazmda 2 yoshli bola YTQ qurboni bo‘ldi

    Avval viloyatda ikkita mashina toʻqnashgan keyin trotuarda turgan bolani urib yuborgan.

    'Ўзбекистонда исломий банклар ташкил этилиши мумкин'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:00

    Ўзбекистонда исломий банклар ташкил этилиши мумкин

    Qonunchilik palatasida islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

    'Toshkentda ayol erining rashki tufayli farzandlari va o‘zini 8-qavatdan tashladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:41

    Toshkentda ayol erining rashki tufayli farzandlari va o‘zini 8-qavatdan tashladi

    Kecha Darakchi.uz holatni voqea joyiga borib o‘rgandi. So‘nggi xulosalarni quyida o‘qing.

    'Toshkentda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:39

    Toshkentda mudhish voqea yuz berdi

    Scooter va Spark toʻqnashuvi sababli ikki nafar shaxs jarohat olgan.

    'Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 19:06

    Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi

    Dastur sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, tibbiy ko'rik paytida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiradi.